• +998 (97) 170-09-41

  • info@ibs-tashkent.uz

  • O'zbekiston, Toshkent, A.Temur-2

TOVLAMACHILIK VA PLAGIAT SHAKLLARI

Boshqa kishilarning ishlarini o‘z ishi sifatida taqdim etish

Boshqa kishilarning ishlarini, ular bilgan yoki bilmagan holda, o‘z ishi deb taqdim etish. Bularga imtihonda boshqalardan ko‘chirish; imtihonda qaydlar yoki ruxsat etilmagan materiallardan foydalanish; boshqa kishi tomonidan topshirish – imtihonni boshqa shaxs nomidan topshirish yoki talaba bo‘lish maqsadida boshqa kishi sifatida o‘zini taqdim etish yoki boshqa shaxsga sizning nomingizdan attestatsiyadan o‘tish, yoki o‘zini siz deb ko‘rsatish yuzasidan ruxsat berish kiradi.

Plagiat

Plagiat – boshqa kishining fikrlari, asarlari yoki kashfiyotlarini o‘z mahsuli kabi qabul qilib ishlatish yoki ulardan foydalanish. Plagiatga yo‘l qo‘ymaslik uchun, siz har qanday manbadan olingan tsitatalar aniq belgilanib, manbai ko‘rsatilganligi va ishingiz matnida uchraydigan joylarida, standart havolalar belgilaridan birini qo‘llab ko‘rsatilganligiga ishonch hosil qilishingiz kerak. Kutubxonada ishingizda havolalarni qanday qilib to‘g‘ri ko‘rsatish kerakligi haqidagi buklet bor, o‘qituvchingiz ham sizga yordam berishi mumkin. Agar siz matnda tsitatalarning aslini to‘liq ko‘rsatmagan bo‘lsangiz, sizning ishingiz esse yoki dissertatsiyangiz oxirida adabiyotlar ro‘yxatida manbalarni sanab o‘tish yetarli bo‘lmaydi. Shuningdek, agar manbai tegishli tarzda ko‘rsatilmagani uchun, bu iboralar sizning ishingiz ekanligiga o‘xshash tasavvur hosil bo‘ladigan holda, ba’zi so‘zlar va iboralarni o‘zgartirish yoki ularning gapdagi tartibini o‘zgartirish mumkin emas.

Til biriktirish

Til biriktirish taqiqlanadi, yozma yo‘l-yo‘riqlarda baholanadigan ish birgalikda bajarilishi va bittadan ortiq talabaning ishi sifatida taqdim etilishi mumkinligi ko‘rsatilgan holatlar bundan istisno. Siz birgalikda ishni yaratish yoki boshqa talabaning ishidan nusxa olish yoki uning ishini olish yoki berish uchun, boshqa shaxslar bilan til biriktirishingiz yoki ishingizning barchasi yoki bir qismidan nusxa olinishi mumkin degan oqilona taxminingiz mavjud bo‘lsa, o‘z ishingizni boshqa talabaga berishingiz mumkin emas.

Ishning takrorlanishi

Ishni takrorlash – avval akademik fan bo‘yicha ish sifatida taqdim etilgan ishga aynan o‘xshash yoki umuman olganda o‘xshash bo‘lgan ishni, undan avvalgi taqdim etilishini tasdiqlamagan holda, baholash uchun taqdim etish.

Qalbakilashtirish

Qalbakilashtirish – ma’lumotni o‘ylab chiqarish, o‘zgartirish, istalgan boshqa manbadan nusxa olish yoki ularni halol bo‘lmagan boshqa usullar bilan olish, tsitatalar yoki havolalarni o‘ylab chiqarish.

Ishni buyurtma asosida yozish xizmati

Ishni buyurtma asosida yozish xizmati foydalanuvchi uchun materiallarni to‘lov evaziga yoki boshqa manfaatdorlik evaziga yaratib beruvchi har qanday servis xizmatidan foydalanishni o‘z ichiga oladi. Universitet har qanday yozma xizmat ko‘rsatish shakli uchun berilgan har qanday so‘rovni yaratilgan materialni keyin qanday foydalanishidan qat’i nazar tovlamachilik shakli sifatida demakki talabalar harakatlariga oid qoidalarga muvofiq, huquqbuzarlik sifatida talqin etishi mumkin.

Bular ishingizning istalgan qismi (yakuniy baholashni shakllantiruvchi yoki beruvchi istalgan qismi yoki baholashning biror-bir shakli bilan yoki dasturingizning fan elementi bilan bog‘liq bo‘lmagan ish) uchun istalgan so‘rovni o‘z ichiga oladi, bu ishlarga esse va dissertatsiyalar (jumladan xomaki rejalar va ish yo‘nalishlari, qoidalar), hisobotlar, imtihonlar bo‘yicha qaydlar, takliflar, plakatlar, taqdimotlar, mavjud ishni tahrir qilish yoki yaxshilash, statistika xizmatlari va hisoblash xizmatlari, shu jumladan dasturni va kodni ishlab chiqish kiradi lekin bular bilan cheklanmaydi.





Manba: https://www.accaglobal.com/gb/en/student/exam-entry-and-administration/oxford-brookes-bsc-hons-in-applied-accounting/oxford-brookes-university-rules-and-regulations.html